Kataloniya rahbari ikki kunlik ochlikni boshladi

Kataloniya rahbari ikki kunlik ochlikni boshladi

Kataloniya hukumati rahbari Kim Torra hibsda ushlab turilgan kataloniyalik siyosatchilar bilan birdamlik sifatida 48 soatlik ochlikni boshladi. Bu haqda La Vanguardia nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Torra ochlik tugaguncha 11 dekabrgacha Montserrat monastirida qoladi. Torra deputatlar va faollar 7 dekabrda boshlagan aksiyaga qo‘shilgan. Aksiya ishtirokchilari 20 dekabrgacha siyosiy mahbuslar himoyasiga navbati bilan qisqa muddatli ochlik e’lon qilishmoqchi.

Bir necha kun avval hozirda hibsda ushlab turilgan, Kataloniya milliy kengashining sobiq rahbari Jordi Sanches, parlamentning sobiq deputati Jordi Turul va Kataloniyaning sobiq ichki ishlar vaziri Joakim Forn ochlik e’lon qilishgan.

Noyabr boshida Ispaniya prokuraturasi Kataloniyaning sobiq vise-prezidenti Oriol Junkerasga 25 yillik, muxtoriyat hukumatining boshqa a’zolariga 16 va 17 yillik qamoq jazolari berilishini so‘ragan. Junkeras va Kataloniya hukumatining bir necha sobiq a’zosi 2017 yil noyabr boshida hibsga olingandi. Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon va jeneralitetning bir qism a’zolari xorijda yashirinishgan.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!