Kashandalar eng ko‘p davlatni bilasizmi?

Kashandalar eng ko‘p davlatni bilasizmi?

Yoshi 15dan oshgan har beshinchi yevropalik har kuni sigaret chekadi. Ularning uchdan ikki qismi kuniga bir qutidan kamroq, bir qismi esa bir qutidan ko‘proq sigaret chekadi. Bu haqda Yevropa statistika agentligi ma’lum qildi.

Har kuni tamaki chekadiganlar ulushi bo‘yicha Bolgariya birinchi o‘rinni egalladi — 28,7 foiz. Mamlakat kuniga bir qutidan ko‘p sigaret chekuvchilar ulushi bo‘yicha ham yetakchi — 12,9 foiz.

Gresiya 23,6 foiz kashanda bilan ikkinchi o‘ringa joylashdi. Keyingi o‘rinlarni Latviya (22,1 foiz), Germaniya, Xorvatiya, Slovakiya, Avstriya va Kipr egalladi.

Chekishni yoqtirmaydiganlar esa Yevropa shimolida: Shvesiya, Islandiya va Finlandiyada aholining 10 foizdan kam qismi tamaki chekadi.

Statistikaga ko‘ra, Yevroittifoqdagi erkaklarning 22,3, ayollarning esa 14,8 foizi tamakiga ruju qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!