Kasallanishlar soni ortishda davom etmoqda: kecha birgina Toshkent shahrida 74 nafar kishida koronavirus aniqlandi

Kasallanishlar soni ortishda davom etmoqda: kecha birgina Toshkent shahrida 74 nafar kishida koronavirus aniqlandi

2022 yil 17 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239525 (+90) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

2 nafari Andijon viloyatida,

4 nafari Buxoro viloyatida,

1 nafari Qashqadaryo viloyatida,

2 nafari Surxondaryo viloyatida,

7 nafari Toshkent viloyatida,

74 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

Namangan viloyatida 2 nafar,

Samarqand viloyatida 1 nafar,

Surxondaryo viloyatida 1 nafar,

Toshkent viloyatida 9 nafar,

Toshkent shahrida 37 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237599 (+50) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!