Kartoshkada saratonni davolaydigan foydali birikmalar bor

Kartoshkada saratonni davolaydigan foydali birikmalar bor

Adam Miskevich universiteti xodimlari boshchiligidagi polshalik mutaxassislar saratonni davolashda qo‘l keladigan istiqbolli birikmalarni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Tadqiqot natijalari Frontiers in Pharmacology jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqotda kartoshka tarkibida glikoalkaloidlar — solanin, chakonin, solasonin, solamargin va tomatin deb ataladigan moddalar borligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur moddalar Solanaceae oilasiga mansub o‘simliklarning tozalanmagan ekstraktlarida mavjud bo‘ladi. Mazkur oilaga mansub o‘simliklar alkoloidlar tufayli toksik xususiyatlarga ega ekani bois kasalliklarni bartaraf etishda foydalanish mumkin.

Misol uchun, glikoalkaloidlar saraton hujayralari o‘sishi to‘xtatib, ularni bartaraf etishga qodir. O‘tkazilgan tadqiqotlar mazkur birikmalar odam uchun zararsiz ekanini, reproduktiv tizimni muayyan darajada o‘zgartirsa-da, DNKga zarar yetkazmasligini ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilar jamoasi mazkur birikmalarning amaliy tibbiyotdagi imkoniyatlarini chamalash uchun keyingi tadqiqotlar muhimligini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!