Kartoshka asosan qaysi davlatdan import qilinayotgani ma’lum bo‘ldi

Kartoshka asosan qaysi davlatdan import qilinayotgani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 13 ta davlatdan qiymati 46,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 269 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,3 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:

— Pokiston – 211,3 ming tonna

— Qozog‘iston – 22,4 ming tonna

Rossiya – 14,4 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 8,8 ming tonna

— Eron – 5,6 ming tonna

— Afg‘oniston – 4 ming tonna

— Niderlandiya – 1,5 ming tonna

— Belarus – 631,6 tonna

— Polsha – 431,2 tonna


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!