Karantinda jinoyat: dollar va pul to‘la seyf "gumdon qilindi"

Karantinda jinoyat: dollar va pul to‘la seyf "gumdon qilindi"

1 aprel kuni Yakkasaroy tumani IIO FMBga 76 yoshli Kasam S. murojaat qildi. Uning aytishicha, 20 mart kunidan 1 aprelga qadar bo‘lgan davr ichida noma’lum shaxslar uning korxonasi ofisiga kirib, ichida 4 100 AQSh dollari va 45 mln so‘m bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketganlar. Korxona vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatganligi bois o‘g‘irlik vaqtida qorovullar bo‘lmagan.

Voqea joyiga yetib kelgan Toshkent shahar IIBB xodimlari jinoyat joyini sinchiklik bilan ko‘zdan kechirib, qo‘l barmoqlari izlari va videokuzatuv kameralari yozuvlari olindi. Tezkor-tergov tadbirlari davomida aniqlanishicha, 21 mart kuni taxminan soat 04.50 da korxona hududiga ikki nafar noma’lum shaxslar kirib, 25 daqiqa o‘tgach, yuk bilan chiqib ketishgan. Ushbu fakt asosida Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 3 qismi “v” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tezkor-tergov tadbirlar natijasida noma’lum kimsalarning avtomobili rusumi va ularning shaxslari aniqlandi. Gumonlanuvchilardan biri – 21 yoshli Oybek K., ikkinchisi – muqaddam sudlangan Eldar M.lar qo‘lga olindilar. Ashyoviy dalil sifatida ularning uylari yerto‘lasidan topilgan seyf olindi.

Tergov davom etmoqda. Ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari aniqlanmoqda. Oybek K. ofisni tanishi bergan kalit yordamida ochganligini ma’lum qildi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!