Karantin qoidasini buzgan va qimor o‘ynagan shovvozlar sud tomonidan jazolandi

Karantin qoidasini buzgan va qimor o‘ynagan shovvozlar sud tomonidan jazolandi

Kosonsoy tuman ma’muriy sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida, tuman sudining raisi B.Abdullayevning raisligida karantin qoidasini bo‘zib qimor o‘yini tashkil etgan shaxslarga oid ma’muriy ish ko‘rildi.

Voqea quyidagicha sodir bo‘lgan. Huquqbuzarlar T.U., A.E., YU.K. lar Maxsus Komissiya tomonidan belgilangan Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzib, 2020 yilning 4 may kuni soat 14:00 larda yashash uyini zaruratsiz tark etib, bir guruh bo‘lib, Kosonsoy tumani, Shirinbuloq mahallasida joylashgan T.Uning yashash xonadonida o‘yin kartasida pul tikib, qimor o‘yinida qonunga xilof ravishda ishtirok etganlar.

Tezkor tadbir davomida 175 000 so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olinib, vaqtincha saqlash uchun “Xalq banki” Kosonsoy tuman filialiga topshirilgan.

Sud T.U, A.E., YU.K. ning harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 191-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar) dan ushbu moddaning1-qismiga qayta kvalifikasiya qilib, huquqbuzarlarga nisbatan jazo tayinlashda ularning huquqbuzarlik harakatiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligini, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb baholab, huquqbuzarlik harakatlarini bir guruh bo‘lib sodir etganliklarini jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb topib, qonun sanksiyasi jarima jazosini tayinladi.

Bahodir Abdullayev,

Kosonsoy tuman ma’muriy sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!