Karantin! Nega davlatga qarashli bog‘chalar kechroq ochilyapti?

Karantin! Nega davlatga qarashli bog‘chalar kechroq ochilyapti?

Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi Dilfro‘z Ikromova "Nega davlatga qarashli maktabgacha ta’lim muassasalari kechroq ochilyapti?" degan savolga javob qaytardi.

"Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15 iyundan boshlab, “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga ruxsat beriladi.  

Hozirda Maktabgacha ta’lim vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh bilan MTTlar faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibi to‘g‘risida Nizom ishlab chiqilmoqda.
 
Ayni damda MTTlar faoliyati xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlar, himoya vositalarini sotib olish, o‘rnatish va dezinfeksiya qilish ishlari, shuningdek, MTT xodimlarini mehnat ta’tilidan chaqirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Zarur xavfsizlik choralarini ta’minlab beruvchi xususiy MTTlari  2020 yil 15 iyundan faoliyatini boshlashi mumkin.

Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib, davlat MTTlari faoliyatini xavfsiz va sifatli tashki etishga qaratilgan dastur asosida 15 iyundan 1 iyulgacha yo‘lga qo‘yadi. Shu bois vaziyatni to‘g‘ri baholashingizni so‘raymiz", — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!