Karantin! Jizzaxlik erkak o‘g‘lining sharafiga ziyofat uyushtirdi

Karantin! Jizzaxlik erkak o‘g‘lining sharafiga ziyofat uyushtirdi

Jizzax viloyati Arnasoy tumani «Cho‘lquvar» qishlog‘ida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan X.Q. harbiy xizmatni o‘tab qaytgan o‘g‘li M.Q. sharafiga 3 aprel kuni uyida o‘g‘lining 24 nafar sinfdoshlarini yig‘ib, marosim o‘tkazgan.

Ichki ishlar vazirligidan xabar berishlaricha, ushbu holat yuzasidan fuqaro X.Q. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosan  javobgarlikka tortilgan.

Avvalroq Gulistonda karantin vaqti bemaqsad velosiped uchib yurgan fuqaro ham javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!