Karantin! Ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumot tarqatilgani ma’lum bo‘ldi

Karantin! Ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumot tarqatilgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 6 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “YPX xodimi “O‘zbekInvest“ sug‘urta kompaniyasi qog‘ozini mijozlarga qalbaki berayotganini takidladi. Zajigalkada yoqsa qog‘ozdagi yozuvlar o‘chib ketmoqda. Xaydovchining avtomobili jarima maydonchasiga yo‘l oldi” hamda 7 aprel kuni “Sug‘urtalanuvchi Muzaffar Usmonovning video murojaati” sarlavhali video lavhalar tarqatildi.

Video lavha yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlariga ko‘ra, joriy yilning 3 aprel kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori U.Abdujalilov belgilangan taqsimot asosida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahrisabz va Mustaqillik ko‘chalari chorrahasiga xizmatga jalb etilgan. Shu kuni soat 17:15 lar atrofida “Kobalt” rusumli 01 942 UDA davlat raqam belgili transport vositasini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.
YPX inspektori haydovchining hujjatlarini o‘rganish jarayonida majburiy sug‘urta polisi haqiqiy emasligi yuzasidan gumon qilgan. Haydovchi D.P. va uning yonida bo‘lgan fuqaro M.U. ushbu holatni uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatishgan.

Holat o‘rganilganda, o‘sha kuni YPX inspektori sug‘urta polisi haqiqiy emasligi yuzasidan gumon qilgani, lekin haydovchiga nisbatan hech qanday ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmagani va transport vositasini ham jarima maydonchasiga joylamagani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!