Karantin cheklovlari yana qaysi mamlakatlarda qaytadan joriy etilmoqda?

Karantin cheklovlari yana qaysi mamlakatlarda qaytadan joriy etilmoqda?

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan olti oy o‘tgach, ko‘plab davlatlar karantin choralarini bekor qildi. Biroq, virus butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda va ayrim davlatlar hamda butun shaharlar yana bir bor cheklovlarga duch kelmoqdalar.

Qaysi davlatlar va shaharlar ikkinchi marta karantin cheklovlarini joriy qilmoqda?

Qozog‘iston dunyoda takror karantin cheklovlari kiritgan ilk mamlakat bo‘ldi

Koronavirus tarqalishi keskin ortib ketgani sababli Qozog‘iston 5 iyuldan ikki haftalik joriy qildi. Cheklov chorasi sifatida mintaqalar o‘rtasida avtobuslar harakati to‘xtatildi va jamoat transportidan foydalanish o‘z vaqtida cheklandi. Shu bilan birga, xalqaro havo qatnovlari, davlatlar ro‘yxatini yanada ko‘paytirmasdan, mintaqalararo avia va temir yo‘l aloqalari saqlanib qolindi.

Ommaviy, oilaviy va xotira tadbirlarini taqiqlash, fuqarolarning ko‘chada harakatlanishini cheklandi - ko‘pi bilan uch kishi, shuningdek 65 yoshdan oshgan odamlarning harakatlanishini butunlay taqiqlandi.

Hozir Qozog‘istonda 51 059 koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 264 bemor COVID-19 tashxisi bilan hayotdan ko‘z yumdi.

Melburn ma’murlari yana o‘zlarini izolyasiya qilish rejimini joriy etdi

Taxminan 5 million aholiga ega bo‘lgan Avstraliyadagi shahar keyingi olti hafta davomida ushbu rejimda qoladi. Qaror Viktoriya shtatida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari keskin ko‘payishi munosabati bilan qabul qilindi. Chunonchi, choralar e’lon qilinishidan bir kun oldin, mintaqada ushbu kasallikka chalinganlar soni 191 taga ko‘payib, 2824 kishini tashkil etdi. Cheklovlar oziq-ovqat do‘konlari, o‘quv muassasalariga tashriflar, shuningdek tibbiy yordam so‘rash va ochiq havoda sport o‘ynash holatlariga taalluqli emas.

Shu bilan birga, fuqarolarga Melburn aglomerasiyasidan chiqish taqiqlanadi, polisiya avtomobil yo‘llariga to‘siqlar qo‘yadi hamda shahar va boshqa shtatlar o‘rtasida "qattiq chegara" o‘rnatiladi.

Isroilga ham cheklovlar qaytmoqda

Mamlakatda koronavirus infeksiyalari sonining ko‘payishi sababli yig‘ilishlar ishtirokchilarining soni cheklanishi yana kuchga kirdi. Hukumat sport zallari, barlar, klublar va bayram zallarini «darhol» yopishga qaror qildi. Bundan tashqari, rasmiylar mamlakat plyajlarida sanitariya me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Isroilda kunlik kasallikka chalinganlar soni may oyining oxiridan boshlab ko‘paya boshladi. 6 iyun kuni koronavirus bilan kasallangan 160 kishi aniqlandi, 23 iyun - 460, 29 iyun - 637, 2 iyul - 1026.

Iyun oyi oxirida Isroil hukumati uydan tashqarida niqob taqmagan odamlarga jarima miqdorini oshirdi.

Belgradda yana komendatlik soati joriy qilinmoqda

Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchich 10 iyul kuni kechqurundan 13 iyulgacha ertalab mamlakat poytaxtida komendantlik soatlari joriy etilishini e’lon qildi. Mamlakatdagi eng yomon epidemiologik vaziyat rivojlangan Belgradda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi. Shaharda beshdan ortiq kishining yig‘ilishini taqiqlangan. Kasallikka chalinganlar sonining ko‘payishi sababli Serbiya armiyasi 4 apreldan 9 maygacha vaqtincha kasalxona bo‘lib xizmat qilgan "Stark Arena" poytaxtning madaniy va sport majmuasida 500 o‘rinli kasalxonani joylashtirdi.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, mamlakatda pandemiyaning ikkinchi to‘lqini og‘ir klinik ko‘rinishi va yuqtirganlar orasida ko‘plab yoshlar bo‘lishi bilan ajralib turadi. Poytaxt va yirik shaharlarda kasalxonalar gavjum. Vuchichga ko‘ra, noyabr oyida mamlakatda eng kuchli koronavirus to‘lqini kutilmoqda. Belgradga komendantlik soati qaytarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi sababli poytaxtda tartibsizliklar yuz berdi.

Kataloniya hukumati niqob taqishni majburiy tartibini joriy qilmoqda

Ushbu qoida 9 iyuldan kuchga kiradi va butun mintaqada amal qiladi. 4 iyuldan boshlab Ispaniya avtonomiyasi hukumati koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko‘payishi sababli 200 mingdan ortiq aholiga ega Segria tumanini (Lleida viloyati) alohida qilib izolasiyaladi. Karantin tadbirlarini buzuvchilar 600 evrogacha jarimaga tortiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!