Karantin: bitta do‘konga 11 marta borgan kampir jazolandi

Karantin: bitta do‘konga 11 marta borgan kampir jazolandi

Italiyaning La Repubblica gazetasi xabariga ko‘ra, Italiyaning shimoliy-sharqidagi keksa bir ayol qattiq karantin paytida 11 marta oziq-ovqat do‘koniga borgan va unga jarima solingan. Hodisa shanba kuni Italiyaning shimoliy-sharqidagi Friuli-Venesiya-Juliya viloyatidagi Grado kichik shaharchasida yuz berdi, deb xabar beradi mahalliy "Il Piccolo" nashri.

Ta’kidlanishicha, italiyalik keksa ayolni ko‘chada polisiya kuzatib qo‘ygan. U yana bir bor xarid qilish uchun borganida, huquq-tartibot idoralari xodimlari uni uyda qolishga undashdi, ammo bu ish bermadi. Italiyalik ayol o‘n birinchi marta oziq-ovqat do‘koniga chiqqanida, polisiyachilar unga 280 yevro miqdorida jarima solishdi. Bundan tashqari, nashrga ko‘ra, agar ayol 30 kun ichida uni to‘lamasa, jarima miqdori 400 yevroga oshadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!