Kappadokiya — piyoda sayr qilishdan tortib, velosiped haydashgacha bo‘lgan son-sanoqsiz ochiq havo sarguzashtlariga boy betakror maskan. Endilikda u Turkiyaning eng nufuzli sport tadbirlaridan biriga mezbonlik qiladi. Joriy yilning 17–19 oktabr kunlari bu go‘zal shaharda “Salomon Cappadocia ultra-trail” xalqaro yugurish poygasi o‘tkaziladi.
Poyga Turkiya Yoshlar va sport vazirligi, Turizmni tanitish va rivojlantirish agentligi (TGA), Turkiya atletika federasiyasi va bir qancha mahalliy tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
Noyob manzaralar bag‘rida to‘rt poyga
Salomon Kappadokiya ultra-trail poygasi har yili xalqaro sport festivali ruhida o‘tkazilib, ko‘plab mamlakatlardan minglab ishtirokchilarni o‘ziga jalb qiladi. 12-marotaba o‘tkaziladigan bu yilgi musobaqa to‘rtta asosiy yo‘nalishdan iborat. Har biri Urgup markazidan boshlanib, mintaqaning ramziy vodiylari orqali o‘tadi.
Birinchi yo‘nalish Salomon Kappadokiya mini trail (CMIT) bo‘lib, u trail yugurishiga ilk qadam qo‘yayotganlarga mo‘ljallangan qisqa, biroq hayratlanarli marshrut. Masofa taxminan 14 km, balandlik esa 308 m. Musobaqa 17 oktyabr kuni soat 15:00 da start oladi.
Ikkinchi yo‘nalish esa Salomon Kappadokiya qisqa yo‘li (CST)bo‘lib, yuguruvchilarga vodiylar bo‘ylab ko‘zni qamashtiruvchi sayohat taqdim qiladi. Masofa taxminan 38 km, balandlik – 1120 m. Poyga 18 oktyabr kuni soat 10:00da boshlanadi.
Salomon Kappadokiya o‘rta masofa yo‘li (CMT) ning balandligi 2030 m, masofa 63 km. Musobaqa 18 oktyabr kuni soat 07:00 da start oladi. Bu marshrut barcha darajadagi yuguruvchilar uchun unutilmas tajriba baxsh etadi.
Salomon Kappadokiya ultra-trail (CUT)- musobaqaning eng nufuzli va murakkab yo‘nalishi. U butun mintaqani qamrab oluvchi, sabr-matonatni sinovdan o‘tkazadigan afsonaviy poygadir. Yo‘l masofasi 119 km va balandligi esa 3 730 m. 18 oktyabr soat 07:00 da boshlanadi. G‘oliblar 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda taqdirlanadi.
Salomon Kappadokiya ultra-trail nafaqat sport tadbiri sifatida, balki Kappadokiyaning tabiiy va madaniy boyliklarini butun dunyoga tanitib, xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. Har yili 75 dan ortiq mamlakatdan minglab yuguruvchilar va sport ixlosmanlarini jalb qiladi.
Kappadokiya noyob tarixiy va madaniy merosi bilan ajralib turadi, issiq havo sharlari, g‘or mehmonxonalari, sirli yer osti shaharlari, ot sayrlari va boshqa ochiq havo mashg‘ulotlarini taklif qiladi. Kappadokiya yaqinda Michelin Guidening Turkiya xaritasiga kiritildi. Ajablanarlisi shundaki, mintaqaning muzeylari va arxeologik ob’ektlariga o‘tgan yili 4,37 milliondan ortiq ziyoratchi tashrif buyurdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Украина Франция ва Греция билан ҳаво ҳужумидан мудофаа ва энергетика секторини мустаҳкамлаш бўйича келишувларни тайёрламоқда, деб ёзади "Европейская правда."
Аргентина терма жамоаси ва «Интер Майами» клуби ҳужумчиси ҳамда сардори Лионель Месси 2025 йил 13–15 декабрь кунлари Ҳиндистонда ўтадиган тур доирасида ҳар бир учрашув учун 107 минг долларгача даромад кўради, деб хабар берmoқda Championat.com нашри.
Бош прокуратура маълумотига кўра, Тошкентнинг Яккасарой туманидаги дарахткушлик билан боғлиқ ҳолат юзасидан 8 ноябрь куни ободонлаштириш бошқармаси мансабдорлари ва бошқаларга нисбатан Жиноят кодекснинг 198-моддаси 2-қисмига асосан жиноят иши қўзғатилган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедовнинг музокаралари кенгайтирилган таркибда икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида давом этди.
Хитой ижтимоий тармоқларида Ғарб цивилизациясига оид тарихий фактларни шубҳа остига қўяётган муҳокамалар кенг тарқалмоқда. Бундай баҳсларнинг навбатдаги сабабларидан бири Шанхайда ўтказилган Қадимий Миср артефактлари кўргазмаси бўлди, деб ёзади SCMP.
Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац Фаластин давлатининг ташкил этилишига йўл қўйилмаслигини ва Ғазо сектори келажакда тўлиқ қуролсизлантирилишини маълум қилди.
Венесуэла мухолиф сиёсатчиси, Тинчлик учун Нобель мукофоти совриндори Мария Корина Мачадо мамлакат қўшинларини президент Николас Мадуро буюруқларига бўйсунмасликка ва қуролларини ташлашга чақирди.
Эфиопияда Omo вилоятида, Жанубий Судан билан чегарадош ҳудудда, 9 та Marburg вируси ҳолати қайд этилди ва мамлакатда вируснинг биринчи тарқалиши расман тасдиқланди.