Kansler Angela Merkel O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Kansler Angela Merkel O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Afg‘onistondan, birinchi navbatda, o‘z fuqarolari, nemis tuzilmalarida ishlagan mahalliy xodimlar, shuningdek, yordamga muhtoj afg‘onlarni evakuasiya qilmoqda.

Uning ta’kidlashicha, bu xalqaro hamjamiyat bilan muvofiqlashtirilgan murakkab operasiya. "Shuningdek men, yaqindan hamkorlik qilayotgan O‘zbekistonga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman", dedi (https://www.bundeskanzlerin.de/bkin-de/mediathek/merkel-afghanistan-1952408) Germaniya federal kansleri.

Bundesver ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya 900 nafar qochqinni Qobuldan olib chiqdi (https://www.tagesschau.de/ausland/maas-afghanistan-115.html). Shu kecha soat 3 larda «Lufthansa» va «Uzbekistan airways»ning bortida 500 kishi bo‘lgan ikkita samolyoti Frankfurt-Maynga qo‘ndi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!