Kanadada hibsga olingan Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou ozod qilindi

Kanadada hibsga olingan Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou ozod qilindi

2018 yilda Kanadada hibsga olingan Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou AQSh prokuraturasi bilan tuzilgan kelishuvdan so‘ng ozod qilindi.

Qo‘shma Shtatlar Meynni Eronga qarshi sanksiyalarni buzish va firibgarlikda ayblagan, so‘ng Kanadadan ekstradisiya qilishni talab qilgan. Yakunda Meyn o‘z aybini qisman tan oldi va AQSh prokuraturasi ekstradisiya talabini rad etdi.

Ozod qilinganidan bir necha soat o‘tgach, Meng Vanchjou Vankuverdan Xitoyga uchib ketdi.‌‌


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!