Kanadada halok bo‘lgan 7 o‘zbekistonlikning 6 nafari AQShda dafn etildi

Kanadada halok bo‘lgan 7 o‘zbekistonlikning 6 nafari AQShda dafn etildi

Avvalroq, Kanadada 7 nafar o‘zbekistonlik aviahalokat natijasida halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur ma’lumotni tasdiqlagan edi.

Samolyot Otabek Obloqulov tomonidan boshqarilgan, u turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi, shuningdek, boshqa qarindoshlari bilan birga dam olish kunlarini o‘tkazish uchun Toronto shahridan Kingston shahriga yo‘l olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qulashining sababi noqulay ob-havo bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Otabek va Bobomurodning oilasi ularni Kanadada dafn qilishga qaror qilgan. Lekin Bobomurodning turmush o‘rtog‘ining ota-onasi yolg‘iz qizini O‘zbekistonga olib ketib, dafn etishni xohlagan. Shu sababli otasining tez orada Torontoga yetib kelishi kutilmoqda.

6 dekabr, juma kuni Toronto yaqinidagi Skarboro shahridagi “Abu Bakr Siddiqiya” masjidida yuzlab o‘zbekistonliklar va boshqa musulmonlar ishtirokida 7 marhumning janoza o‘qilgan. Unda qatnashish uchun o‘zbekistonliklar Amerikaning turli shaharlaridan ham yetib kelgan.

Janozadan so‘ng 6 ta tobut solingan avtomashinalar yuzdan ortiq kishi kuzatuvida 25 kilometr shimolda joylashgan Richmond Hill yaqinidagi musulmonlar qabristoniga olib borilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!