Kanadada anomal issiqdan milliardlab dengiz jonzotlari nobud bo‘ldi

Kanadada anomal issiqdan milliardlab dengiz jonzotlari nobud bo‘ldi

Kanadada anomal issiqdan milliardlab dengiz jonzotlari nobud bo‘ldi, deb xabar beradi Toronto Star.

Kanada qirg‘og‘idan yuzlab km uzoqlikda, Britaniya Kolumbiyasining Tinch okeani sohilidagi toshli qirg‘oqlarida yashovchi midiya, salyangoz va dengiz yulduzlarining bo‘sh chig‘anoqlari qirg‘oqqa chiqdi.

Biologlar qirg‘oq bo‘ylab ba’zi joylarda +50 daraja haroratni qayd etishdi. Odatda dengiz hayvonlari +30 darajagacha bo‘lgan haroratga bardosh bera oladi.

Britaniya Kolumbiyasi universiteti dengiz biologi Kristofer Xarlining so‘zlariga ko‘ra, aktiniylar, tosh baliqlari va ustirisalarning ommaviy o‘limi haqida xabarlar mavjud. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, jazirama natijasida milliarddan ortiq dengiz jonzotlari nobud bo‘lgan. Baliq va hayvonlar populyasiyasini tiklash uchun ikki yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadaning g‘arbiy sohilidagi anomal issiqdan yuzlab halok bo‘ldi. Kanada ommaviy axborot vositalarining yozishicha, faqat Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida doimiy yuqori harorat tufayli o‘lganlar soni yarim mingga yaqin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!