Kanada plastik buyumlardan voz kechmoqda

Kanada plastik buyumlardan voz kechmoqda

Kanada hukumati zararli bir martalik plastik buyumlarni taqiqlash va ularning atrof-muhitga tarqalishini oldini olish bo‘yicha kompleks reja ishlab chiqdi.

“The Guardian” nashri xabar qilishicha, joriy yil 20 iyun kuni Kanada atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vaziri Stiven Gilbo va mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Jan-Iv Dyuklo polietilen paket, oshxona anjomi kabi bir martalik plastik buyumlarga taqiq qo‘yishni o‘z ichiga olgan hujjatni taqdim etdi.

Plastmassa buyum ishlab chiqarish va import qilishni taqiqlash joriy yil dekabr oyidan, ularni sotish esa 2023 yil dekabrdan kuchga kiradi. Shuningdek, hukumat 2025 yil oxirigacha 6 toifali plastmassani eksport qilishga taqiq qo‘yishni ham rejalashtirgan.

Hisob-kitobga ko‘ra, ushbu zararli buyumlarga qo‘yilgan taqiq kelgusi o‘n yil ichida ehtimoliy plastik chiqindi miqdorini 1,3 million tonnaga kamaytirish imkonini beradi.

Ayni chora-tadbir Kanadani plastik chiqindiga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda yetakchi mamlakatlar qatoriga chiqishi hamda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari majburiyatini bajarishiga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!