Kanada Yevropa Ittifoqidan taklif oldi

Kanada Yevropa Ittifoqidan taklif oldi

Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Kanada Yevropa Ittifoqining birinchi assosiasiyalangan a’zosi bo‘lish uchun taklif etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

U bu haqda 16 sentyabr kuni Strasburgda so‘zlagan nutqida e’lon qildi. Uning ma’ruzasini Yevroparlament deputatlari va Kanada bosh vaziri Mark Karni tingladi. Karni bu tadbirda AQSh bilan savdo urushi avj olgan bir paytda qatnashdi.

Avgust oxiridan beri Kanada Yevropa bilan yaqinroq munosabatlar o‘rnatishga harakat qilmoqda. Biroq Kanada Yevropa qit’asida joylashmagani uchun YEIga to‘liq a’zo bo‘la olmaydi.

Fon der Lyayen o‘z nutqida Kanadani tashkilotning birinchi assosiasiyalangan a’zosi bo‘lishga taklif qildi.

“Bizning ummonimiz bir, qadriyatlarimiz bir va dunyoga qarashimiz bir xil. Endi biz umumiy kelajagimizni ham birgalikda quramiz”, dedi u.

O‘tgan haftada Mark Karni YEI bilan unikal ittifoq tuzish haqida gapirgandi. Shundan so‘ng bu boradagi umidlar yanada ortdi.

Kanada geologik jihatdan Yevropa davlati emas. Lekin mamlakat YEI bilan bir xil qadriyatlarga — inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligiga ega. Bular ittifoqqa a’zo bo‘lish uchun zarur mezonlar hisoblanadi.

Euronews manbalarining ma’lum qilishicha, Ottava ham Erasmus+ almashinuv dasturi, Horizon Europe ilmiy grantlari va mutaxassislar malakasini tan olish bo‘yicha Bryussel bilan muzokaralar olib bormoqda.

Shunga qaramay, assosiasiyalangan a’zo bu — mutlaqo yangi maqom. Bu bo‘yicha asosiy savollar hali ochiq qolmoqda. Asosiy masala — Kanadada YEI organlarida ovoz berish huquqi bo‘ladimi-yo‘qmi. Misol uchun, Norvegiya va Shveysariya YEI qonunchiligiga ta’sir ko‘rsata olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!