Kamilov amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaga boradi

Kamilov amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaga boradi

29 iyul – 2 avgust kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi.
Tashrif dasturida Tashqi ishlar vazirligi, parlament, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yashil o‘sish global instituti (GGGI) va Koreya Respublikasining boshqa idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar, shuningdek, Inchhon shahridagi Koreya-O‘zbekiston biznes markazi faoliyati bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!