Kamala Xarrisning samolyotida texnik muammo yuzaga keldi va...

Kamala Xarrisning samolyotida texnik muammo yuzaga keldi va...

Bortida AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris bo‘lgan samolyot Lotin Amerikasiga parvozi chog‘ida texnik sabab bilan Merilend shtatidagi Endryus aviabazasiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda siyosatchining rasmiy vakili Simon Sandersga tayanib, CNN xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, laynerda shassi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Qo‘nishdan so‘ng vise-prezident unda «hammasi joyida» ekanini aytdi. «Barchamiz biroz duo qildik, ammo hammasi yaxshi», deb qo‘shimcha qildi Xarris. Qo‘nishdan taxminan bir soat o‘tgach, siyosatchi boshqa samolyotga chiqib, belgilangan manzilga uchib ketdi.

Xarris vise-prezident sifatida o‘zining xorijga ilk safarini amalga oshirmoqda. Dastlabki manzillar Gvatemala va Meksika bo‘ladi.

Xarrisning ushbu mamlakatlar bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlashi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, Xarris, xususan, chegara xavfsizligi va iqtisodiyot sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida.

AP xabariga ko‘ra, Xarris Gvatemalada jamiyat rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Meksikada esa AQSh vise-prezidenti tadbirkor ayollar bilan uchrashib, davra suhbati o‘tkazadi.

Bundan tashqari, Xarris Lotin Amerikasidagi korrupsiyaga e’tibor qaratishi va mintaqa rahbarlarini korrupsiyaga qarshi majburiyatlarini bajarishga undashi kutilmoqda. U immigrasiya siyosati mavzusiga ham to‘xtaladi.

Sobiq senator Kamala Xarris 2021 yilning yanvarida AQSh vise-prezidentiga aylangandi. U Amerika tarixida ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!