«Kalmar o‘yini» "Netflix"ga qancha foyda keltiryapti?

«Kalmar o‘yini» "Netflix"ga qancha foyda keltiryapti?

Janubiy Koreyaning butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan «Kalmar o‘yini» seriali Netflix platformasiga 891,1 million dollar foyda keltirishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi PeopleTalk.

Serialni suratga olishga 21,4 million dollar, ya’ni har bir epizodga 2,4 million dollardan sarflangan.

Bloomberg’ning Netflix hujjatlariga tayanib yozishicha, serialni tomosha qilish uchun butun dunyo bo‘ylab odamlar jami 1,4 milliard soatdan ortiq vaqt sarflagan.

Platformaning o‘zi manba tomonidan taqdim etilgan materiallardan hayratda emas. «Netflix kompaniya tashqarisida ushbu ko‘rsatkichlarni muhokama qilmaydi va ularning oshkor etilishini himoya qilish borasida zarur choralarni ko‘radi», — deydi platforma advokati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!