Kalitning endi keragi yo‘q – mashinani smartfon yordamida boshqarasiz!

Kalitning endi keragi yo‘q – mashinani smartfon yordamida boshqarasiz!

Hyundai kompaniyasi avtomobilni kalitsiz o‘t oldirishning zamonaviy yo‘lini o‘ylab topdi. Mashinani yoqish uchun kalit o‘rniga unda maxsus mobil ilova o‘rnatilgan smartfon ishlatiladi, deydi terabayt.uz .

Yangi dastur yordamida avtomobilni masofadan turib ham o‘t oldirish, hatto uning ayrim funksiyalarini boshqarish ham mumkin bo‘ladi. Blokirovkani ochish mashinadagi NFC modullari yordamida amalga oshiriladi; ular old eshiklar tutqichlariga o‘rnatiladi. Avtomobilni yoqish uchun smartfonni simsiz quvvatlash stansiyasiga qo‘yish, keyin esa markaziy konsoldagi dvigatelni ishga tushirish tugmachasini bosish kifoya.

Mobil ilova orqali bitta avtomobilning shunday virtual kalit ini bir vaqtning o‘zida to‘rttagacha kishiga sozlab qo‘yish mumkin. Ularning har biriga tegishli profil sozlamalarini bort kompyuteri saqlab qo‘yadi va haydovchi o‘rindig‘iga ulardan qay biri o‘tirganiga qarab, aynan unga tegishli sozlamalarni faollashtiradi.

Smartfon orqali haydovchi masofadan turib avtomobilni ochishi va yopishi, signalizasiyani faollashtirishi, dvigatelni ishga tushirishi va boshqa ko‘plab ishlarni amalga oshirishi mumkin. Yangicha boshqaruv tizimi Hyundai avtomobillarida shu yilning o‘zidayoq paydo bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!