Kaliforniya shtatida harbiy punktga pichoq bilan borgan shaxs otib o‘ldirildi

Kaliforniya shtatida  harbiy punktga  pichoq bilan borgan shaxs  otib o‘ldirildi

AQShda noma’lum shaxs San-Diyegodagi (Kaliforniya shtati) AQSh dengiz piyodalari korpusi hududiga pichoq bilan kirishga urinayotganda otib o‘ldirildi. Bu haqda CNN telekanali harbiy ob’ekt vakiliga tayanib ma’lum qilgan.

Hodisa kecha, 26 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da yuz bergan. Noma’lum shaxs avtomobili bilan dengiz piyodalari korpusi askarlari tayyorlanayotgan harbiy nazorat punktiga borgan.

“Qo‘riqchilar unga to‘xtashni buyurgan, biroq haydovchi qo‘lida pichoq bilan mashinadan tushib, “dushmanlik niyatida” ular tomon yo‘l olgan”, deyiladi telekanal xabarida.

Bir qancha ogohlantirishlardan so‘ng qo‘riqchilar o‘t ochishga majbur bo‘lgan. Noma’lum shaxs voqea joyida vafot etgan. Voqea AQSh harbiy-dengiz kuchlari tergov departamenti tomonidan tekshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!