Kadastr tizimida respublika darajasida ishlayotgan xodimlarning kamida 30 foizi tumanlarga o‘tkazilishi mumkin

Kadastr tizimida respublika darajasida ishlayotgan xodimlarning kamida 30 foizi tumanlarga o‘tkazilishi mumkin


Shavkat Mirziyoyev bu bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Unga ko‘ra:

➖ Respublika darajasida ishlayotgan xodimlarning kamida 30 foizini tumanlarga o‘tkazish, respublika, viloyat va tuman darajasidagi Kadastr palatasi va xizmat ko‘rsatish tuzilmalarini birlashtirish nazarda tutilmoqda;

➖ Tuzilmaviy o‘zgarishlar jarayonida aholi sarson bo‘lmasligi uchun bir hafta muddatda “Kadastr maslahat burchagi” va “Tezkor kadastr” xizmatlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi;

Ko‘chmas mulkka huquq paydo bo‘lganida ariza avtomatik ravishda shakllantirilib, proaktiv xizmat ko‘rsatiladi. Bu orqali bir yilda 1 million 200 ming nafar arizachining vaqti va mablag‘i tejaladi. Kadastrga oid barcha xizmatlarni bitta ariza asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 200 mingta ortiqcha ariza qisqartiriladi;

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni to‘liq onlayn shaklga o‘tkaziladi. Natijada yiliga 500 mingta arizani amaldagi 10-15 kun o‘rniga bir necha soniyada ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi

Space X компанияси эг