Ka’ba va Masjidul al-Haram kuniga 10 marta xushbo‘ylantiriladi

Ka’ba va Masjidul al-Haram kuniga 10 marta xushbo‘ylantiriladi

Masjidul al-Haram va Ka’ba kuniga o‘n marotaba yuqori sifatli atirlar bilan xushbo‘ylantiriladi, deb xabar bermoqda Saudi Press Agency (SPA).

"Xushbo‘y atir Ka’ba va masjidda muborak Ramazon oyi, Haj kunlari va juma kunlari muntazam ravishda ishlatiladi.

Masjidul al-Haram va Ka’bani xushbo‘ylantirish Islomning eng muqaddas joyi va unga tashrif buyurganlarga xizmat va hurmat sifatida qaraladi.

Bu Masjidul al-Haramda ziyoratga kelgan, namoz o‘qiydigan va umra ziyoratini bajaradigan minglab odamlarga ma’naviyat va muqaddaslik muhitini taqdim etishga qaratilgan.

Islomda poklik va xushbo‘y hidga katta ahamiyat berilgan va musulmonlar namoz to‘shaklariga, namoz kiyimlariga atir surtishadi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!