Jurnalist ayolni o‘ldirib ketishdi: qotillar qidirilmoqda

Jurnalist ayolni o‘ldirib ketishdi: qotillar qidirilmoqda

Meksikaning Verakruz shtati prokuraturasi Papantla shahrida bir kun oldin o‘ldirilgan jurnalist Mariya Xelena Ferral Ernandesning qarindoshlari va hamkasblariga ta’ziya izhor etdi.

"Bosh prokuratura Verakruz fuqarolari, jurnalistlar va Mariya Xelena Ferral Ernandesning qarindoshlarini bu qotillik jazosiz qolmasligiga ishontirmoqda", – dedi agentlik tvitterda.

"Diario de Xalapa", "Heraldo de Poza Rica" va "Quinto Poder" nashrlariga ko‘ra, dushanba kuni 50 yoshli jurnalist ayolga hujum uyushtirildi – turli manbalarga ko‘ra, velosipedda yoki mopedda bo‘lgan ikki kishi mashinaga kamida besh marta o‘q uzdi. Uchta o‘q tekkan jurnalist ayol esa mahalliy kasalxonaga yotqizilgan va yetti soatlik operasiyadan so‘ng vafot etgan.

Davlat jurnalistlari assosiasiyasi prezident Lopez Obrador va gubernator Garsiyaga maktub yo‘llab, jurnalistning o‘ldirilishi bo‘yicha tezkor tergov o‘tkazilishini talab qildi, bu mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari xodimining birinchi marta o‘ldirilishi edi.

O‘ldirilgan ayolning oilasini mintaqadagi rasmiylar, "Artículo 19" inson huquqlari tashkiloti va Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya qo‘llab-quvvatlamoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!