JSST Xitoyning Sinopharm vaksinasini favqulotda foydalanish uchun tasdiqladi

JSST Xitoyning Sinopharm vaksinasini favqulotda foydalanish uchun tasdiqladi

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Xitoyning Sinopharm firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 vaksinasini butun dunyo bo‘ylab favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun  tasdiqladi.

JSST vaksinani barcha kattalardagi simptomatik holatlarni va kasalxonaga yotqizishni oldini olishda 79% samarali deb topdi. Hozirgacha tashkilot oltita vaksinaga ruxsat bergan.

Ayni paytda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniya kansleri Angela Merkelning yo‘lini tutib, koronavirus vaksinalari uchun patentdan voz kechishga qarshi chiqdi. Uning aytishicha, anglo-sakson mamlakatlarining vaksinalarni eksport qilishga to‘sqinlik qilishi - eng katta muammodir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!