JSST: Transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi

JSST: Transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi

Sanoat yo‘li bilan ishlab chiqariladigan transyog‘lar hali-hanuz oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda keng qo‘llanilmoqda. Bu esa Yer yuzida yashovchi sakkiz milliarddan ziyod aholining beshdan bir qismi salomatligiga jiddiy xavf solyapti.

📊 Kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ma’lum qilinishicha, yiliga yarim million odamning yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida erta hayotdan ko‘z yumishiga aynan shunday zararli ingrediyentlar sabab bo‘lmoqda.

✅ Shu bois Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda 2021 yildan boshlab faqat 100 gramm yog‘ tarkibida 2 grammdan kam transyog‘lar bo‘lgan mahsulotlar savdosiga ruxsat berilgan.

🚫 Daniyada esa sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan transyog‘larga 20 yil oldin keskin cheklovlar joriy etilgan. Shu tufayli hozir ushbu davlatda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaygan.

📌 “Transyog‘lar inson o‘limiga sabab bo‘luvchi zaharli moddalardir, — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. — Shunday ekan, ularning iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi. Bu borada hukumatlarni keskin choralar ko‘rishga chaqiramiz”.

🔬Tahlillarga ko‘ra, transyog‘larni ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli. U lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi.

‼️Eslatib o‘tamiz, margarin, "fast-fud", yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, qandolatlar hamda qovurilgan kartoshka frisi tarkibida transyog‘lar ko‘p miqdorda uchraydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!