JSST sil kasalligiga aniq tashxis qo‘yish imkonini beruvchi sinamalarni tavsiya qildi

JSST sil kasalligiga aniq tashxis qo‘yish imkonini beruvchi sinamalarni tavsiya qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sil kasalligi diagnostikasi bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi. Xo‘sh, bunga qanday ehtiyoj bor edi?

Ma’lumki, o‘pka faoliyatini izdan chiqaruvchi sil mikobakteriyasi xastalik qo‘zg‘atuvchisi sanaladi. Tahlillarga ko‘ra, dunyo aholisining qariyb to‘rtdan bir qismida ana shu infeksiyalar mavjud. Bunday bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash esa kasallik profilaktikasi va muolajasi samaradorligini oshiradi.

Shundan kelib chiqib, JSST ilk bor infeksiyani yuqtirgan bemorlarni tuberkulyoz mikobakteriyalari antitanalari asosida aniqlash imkonini beruvchi yangi sinamalar turkumini tavsiya qildi.

Mutaxassislar Hindistonning “Cy-Tb”, Rossiyaning “Generium” va Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan uchta yangi diagnostika vositasi ta’sir kuchi hamda xavfsizligini baholadi.

Natijada tavsiya etilgan ana shu testlar an’anaviy tuberkulin teri sinamalariga nisbatan aniqlik darajasi yuqoriligi va xavfsizligi bilan ustun ekanligi ma’lum bo‘ldi.

‼️Yakunda JSST ekspertlari har uchala testdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar, kattalar hamda OIV bilan kasallangan bemorlarda sil kasalligini aniqlashda foydalanish mumkin, degan xulosaga keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!