JSST shoshilinch yig‘ilish chaqiradi. Sabab — maymunchechak epidemiyasi

JSST shoshilinch yig‘ilish chaqiradi. Sabab — maymunchechak epidemiyasi

JSST maymunchechak epidemiyasini muhokama qilish uchun ekspertlarning favqulodda yig‘ilishini chaqiradi.

Maymunchechak Avstraliya, Ispaniya, Italiya, Shvesiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Portugaliya, Germaniya, Fransiya va Belgiyada allaqachon qayd etilgan.

Maymunchechakning dastlabki belgilari orasida isitma, bosh va mushaklardagi og‘riq kuchayishi, titroq va charchoq kiradi. Kasallangan odamlarda toshma paydo bo‘lishi mumkin, ko‘pincha toshma yuzda boshlanadi va keyin tananing boshqa qismlariga, shu jumladan qo‘llar, oyoqlar va jinsiy a’zolarga tarqaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!