JSST Shimoliy Koreyada hali ham koronavirus yo‘qligini aytdi

JSST Shimoliy Koreyada hali ham koronavirus yo‘qligini aytdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bildirishicha, Shimoliy Koreyada hali ham koronavirus yo‘q. Ta’kidlanishicha, yaqinda tekshirilgan 718 fuqarodan 127 kishi simptomlari grippga o‘xshash kasallik yoki tumov (ORVI) bilan kasal bo‘lib chiqdi.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In respublika sog‘liqni saqlash sohasida “xalq va mamlakat xavfsizligiga tahdid” tug‘dirgan “jiddiy hodisa” haqida aytgandi.

May oyida KXDR koronavirusni – Janubiy Koreyadan kelgan varaqalar orqali yuqtirish mumkinligini e’lon qildi. Shuningdek, mamlakat rasmiylari go‘yoki boshqa mamlakatlardagi vaksinalar koronavirus tarqalishining oldini olishda samaradorligini ko‘rsatmayotganidan xavotirda edilar, shuning uchun respublika aholisi profilaktika choralariga jiddiy e’tibor qaratishlari bot bot eslatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!