JSST pandemiya davrida ovqatlanish rasioniga jiddiy e’tibor qaratishni tavsiya qildi

JSST pandemiya davrida ovqatlanish rasioniga jiddiy e’tibor qaratishni tavsiya qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya davrida aholi ovqatlanish rasioniga jiddiy e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘z sahifasida pandemiya davrida insonlarning sog‘lom ovqatlanishga va kundalik rasionlariga alohida e’tibor qaratishlari muhimligini bildirdi. To‘g‘ri tanlangan kundalik ozuqa tarkibi organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi va inson kasallikdan so‘ng sog‘ligini tez qayta tiklashida muhim rol o‘ynaydi.

Ta’kidlash joizki, sog‘lom ovqatlanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri virus bilan zararlanishdan himoya qilmaydi, biroq to‘g‘ri tanlangan rasion tarkibi immunitetni kuchayishiga va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradi. Bundan tashqari, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish boshqa kasalliklardan, xususan, ortiqcha vazn, diabet, yurak kasalliklari paydo bo‘lish ehtimolini kamaytiradi.

 JSST tomonidan to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishga tegishli tavsiyalar.

 Ovqatlanish rasionida turli mahsulotlar, ayniqsa meva-sabzavotlar bo‘lishini ta’minlang

Kunlik rasionga bo‘g‘doy, jo‘xori, guruch, dukkakli o‘simliklar, chechevisa, loviya kabi mahsulotlarni kiritish lozim. Ayniqsa, tabiiy jo‘xori, tariq, suli, bug‘doy va guruch muhim moddalarga boy bo‘lib, uzoq vaqt davomida insonning to‘q tutish xususiyatiga ega.

Bundan tashqari, ho‘l meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling, ularni yengil tamaddi o‘rnida tanovul qilish ayni muddao. Go‘sht, baliq, tuxum va sut mahsulotlarida ham inson organizmi uchun zaruriy moddalar mavjud.

Tuz iste’molini kamaytiring

Kunlik tuz iste’molini 5 grammdan oshirmaslikka harakat qiling. Tanovul qilish davomida tuzdan foydalanmaslikka intiling. Ovqat tayyorlashda ham tuzdan ehtiyotkorlik bilan foydalaning hamda tuzli souslar va ziravorlar iste’mol qilishni kamaytiring (masalan, soya va baliq sousi, sho‘rva ziravori).

2. Shakar iste’molini cheklang

Shirinliklar va gazli shirin ichimliklar, mevali sharbat, poroshokli konsentrat, aromatizatorli suv va energetiklar, tayyor qavha va xushbo‘ylashtirilgan sutli mahsulotlar kabi shakarli ichimliklar iste’mol qilishni cheklang.

Pishiriq, pirojnoye va shokolad kabi shirinliklar o‘rniga ho‘l mevalarni tanlang. Shirinliklarni tanlashda uning tarkibidagi shakar miqdoriga e’tibor bering.

3. O‘zizga ko‘p suv ichishni tez-tez eslatib turing

Inson organizmi normal faoliyat yuritishi uchun yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilinishi kerak. Suv shakarli ichimliklar o‘rnini bosish uchun yaxshi vosita, bu shakar iste’mol qilishni cheklashga xizmat qiladi.

4. Spirtli ichimliklar xavfli va iste’mol uchun zararli

Spirtli ichimliklar COVID-19 dan himoya qilmaydi, aksincha, sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Spirtli ichimliklarni tez-tez yoki keragidan ortiq iste’mol qilish jarohat olish xavfini oshiradi va jigar, saraton, yurak va ruhiy kasalliklarga olib keladi.

“Dori-Darmon” AK Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!