JSST maymunchechak epidemiyasi bo‘yicha favqulodda qo‘mitani chaqirmoqchi

JSST maymunchechak epidemiyasi bo‘yicha favqulodda qo‘mitani chaqirmoqchi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechak epidemiyasining xalqaro aholi salomatligiga ta’sirini baholash uchun favqulodda qo‘mitani chaqirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters. Uchrashuv kelasi hafta payshanba, 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesusning aytishicha, hozirda kasallikning tasdiqlangan 1,6 ming holati ma’lum. Bundan tashqari, yil boshidan buyon 39 ta davlatda 1,5 mingta infeksiyaga shubha qilingan holatlar va 72 kishining o‘lim holati qayd etilgan.

“Maymunchechak epidemiyasi g‘ayrioddiy va tashvishli. Shu sababli, men kelasi haftada xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalariga muvofiq favqulodda qo‘mitani chaqirib, ushbu epidemiya favqulodda holat ekanligini baholashga qaror qildim”, dedi Gebreyesus.

Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasini chaqirish BMT agentligi tomonidan e’lon qilingan eng yuqori ogohlantirish darajasi bo‘lib, hozirgacha faqat COVID-19 pandemiyasi va poliomiyelitga nisbatan qo‘llanilgan.

Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, javob choralarini kuchaytirish haqida o‘ylash vaqti keldi, chunki virus g‘ayrioddiy harakat qilmoqda, ko‘proq mamlakatlar zarar ko‘rmoqda va xalqaro muvofiqlashtirishga ehtiyoj bor.

Tashkilotning ta’kidlashicha, "ular vaziyat nazoratdan chiqmaguncha kutishni xohlamaydilar".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!