JSST: Maymun chechagi virusiga qayta nom beriladi

JSST: Maymun chechagi virusiga qayta nom beriladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi virusi nomini o‘zgartirish bo‘yicha keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi. Bunga olimlar va tibbiyot mutaxassislari tomonidan mazkur xastalik noto‘g‘ri nomlanganiga doir takroriy e’tirozlar sabab bo‘ldi.

Aslida, viruslarga nom berish JSST vakolatiga kiradi. Biroq bu gal odamlarga onlayn portal (https://icd.who.int/dev11) orqali o‘z takliflarini yetkazishi uchun imkoniyat yaratildi.

Ma’lumki, maymun chechagi atamasi 1958 yilda istilohga kiritilgan. Qolaversa, virusning asosiy variantlari ular keng tarqalgan geografik hududlarga qarab nomlangan.

‼️Biroq zamonaviy amaliyotga ko‘ra, yangi aniqlangan viruslar, infeksiyalar mutasiyalari va ular bilan bog‘liq kasalliklar atamalari madaniy, ijtimoiy, milliy, mintaqaviy, kasbiy yoki etnik jihatdan kamsituvchi mazmunga ega bo‘lmasligi zarur.

❗️Qolaversa, savdo-sotiq yoki yo‘lovchi tashish jamiyatlari faoliyati, turizm hamda hayvonot dunyosiga nisbatan munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

Shundan kelib chiqqan holda maymun chechagining Kongo havzasi versiyasi endi "I tur", G‘arbiy Afrika varianti esa “II tur” deb ataladigan bo‘ldi.

Virusning o‘ziga esa keng jamoatchilik takliflari asosida yaqin istiqbolda qayta nom berilishi kutilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!