JSST: Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi

JSST: Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi

💉 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo‘yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi.

🦠 Uning qayd etishicha, SOVID-19 profilaktikasida qo‘llanilayotgan vaksinalar xastalik og‘ir o‘tishi, gospitalizasiya hamda o‘lim holatlarining oldini olishda ishonchli ta’sirga ega.

❗️Faqat maksimal samaradorlikka erishish uchun to‘liq bosqichda va buster dozada emlanish zarur.

Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami, ya’ni:

👨🏻‍🦳 60 yoshdan oshganlar,
🩺 surunkali kasalliklarga chalinganlar,
🤦🏻‍♂️ immuniteti zaif bemorlar,
🤰🏻 homilador ayollar,
👩🏻‍⚕️ tibbiyot xodimlari amal qilishlari kerak.

🚫 O‘z navbatida, JSST mas’uli ba’zi ommaviy axborot vositalarida buster doza keksa yoshli kishilarda insult xavfini keltirib chiqarishi to‘g‘risidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ta’kidladi.

🎤 “O‘rganishlarimiz davomida mazkur holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Qolaversa, tashkilotga bu borada hech qanday e’tiroz, shikoyat va shubhali holatlar bo‘yicha ma’lumotlar ham kelib tushmagan” — deydi ekspert.

‼️Doktor Keyt O’Brayen koronavirusning yangi mutasiyalari keng tarqalayotgan hozirgi sharoitda kuchaytiruvchi dozada emlanish pandemiyaning navbatdagi kuchli to‘lqinlariga qarshi mustahkam to‘siq bo‘lishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!