JSST: Koronavirus pandemiyasi yana uch oyga uzaytirildi

JSST: Koronavirus pandemiyasi yana uch oyga uzaytirildi

Kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining 14-yig‘ilishida koronavirus pandemiyasini yana uch oyga uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Qo‘mita a’zolari SOVID-19 dan o‘lim ko‘rsatkichlari boshqa respirator kasalliklarga nisbatan yuqoriligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi. Qolaversa, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda mazkur xastalikka qarshi vaksinalar zaxirasi yetarli emas.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ommaviy immunitetni shakllantirish infeksiyani jilovlashga yordam beradi. Biroq koronavirus kelgusida odamlar va hayvonlarda doimiy patogen bo‘lib qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, JSSTning Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi har uch oyda bir marta yig‘iladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!