JSST gidroksixloroxin borasida yana bir jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi

JSST gidroksixloroxin borasida yana bir jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi

Gidroksixloroxin preparati koronavirusni davolovchi vositasi sifatida ishlatilmasligi kerak. Xuddi shunday bayonot bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari chiqishdi.

“Covid-19” bo‘lmagan odamlarda infeksiyani oldini olish uchun yallig‘lanishga qarshi gidroksixloroxin preparatidan foydalanmaslik kerak», deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, ushbu preparatni samaradorligini aniqlash maqsadida JSST oltita tadqiqot o‘tkazgan va ularda olti mingdan ortiq odamni jalb etilgan.

Olingan dalillarga ko‘ra, gidroksixloroxin o‘lim va kasalxonaga yotqizilish ko‘rsatkichlarini pasaytirmagan va aksincha zararli ta’sir xavfini oshirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!