JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari 3 foiz, o‘lim holatlari esa 17 foizga kamaydi

JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari 3 foiz, o‘lim holatlari esa 17 foizga kamaydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan haftada dunyo bo‘yicha 2,9 millionga yaqin kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 7,8 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Bu 28 noyabr — 4 dekabr sanalarida kasallanishlar soni undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foiz, o‘lim holatlari esa 17 foizga kamayganini tasdiqlaydi.

Infeksiyani yuqtirish bilan bog‘liq eng keskin pasayish dinamikasi Afrika mintaqasida qayd etildi — 78 foiz! Janubi-Sharqiy Osiyoda bu statistika 27 foizni tashkil etdi. Amerika mintaqsida esa aksincha o‘sish kuzatildi (+14 foiz).

O‘lim ko‘rsatkichlari ham Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan (+3 foiz) tashqari, qolgan mintaqalarda pasaydi. Jumladan, bu borada Afrika (-83 foiz) va Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi mamlakatlari (-33 foiz) yetakchilik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!