JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 2 foizga oshdi

JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 2 foizga oshdi

O‘tgan haftada Yer yuzida 2,3 milliondan ortiq kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Ularning qariyb 7,5 ming nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida qayd etilishicha, 7-13 noyabr kunlari koronavirusni yuqtirish holatlari undan avvalgi haftaga nisbatan 2 foizga oshgan. O‘lim ko‘rsatkichlari esa 30 foizga kamaydi.

Bemorlar sonining keskin ko‘payishi G‘arbiy Tinch okeani mintaqasi (+18 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (+15 foiz) hamda Janubiy va Shimoliy Amerikada (+12 foiz) qayd etildi.

O‘lim ko‘rsatkichlarining sezilarli kamayishi asosan Afrika (-86 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (-80 foiz) va Yevropada (-41 foiz) kuzatildi. G‘arbiy Tinch okeani (+14 foiz) va Sharqiy O‘rta yer dengizi (+7 foiz) mintaqasi mamlakatlarida aksincha, o‘sish dinamikasi aniqlandi.

O‘tgan haftada eng ko‘p bemorlar ro‘yxatga olingan mamlakatlar:

Yaponiya — 503 766,

Janubiy Koreya — 355 990,

AQSh — 281 955,

Germaniya — 184 987,

Xitoy — 171 745.

Eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etilgan davlatlar:

AQSh — 2 323,

Yaponiya — 552,

Rossiya — 436,

Xitoy — 410,

Fransiya — 390.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!