JSST: Dunyo aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda

JSST: Dunyo aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, sayyoramiz aholisining 45 foizi, ya’ni 3,5 milliardga yaqin kishi tish, milk va boshqa og‘iz bo‘shlig‘i xastaliklari bilan kurashmoqda.

Xususan, so‘nggi 30 yilda bemorlar soni bir milliard nafarga ko‘paygan.

Qayd etilishicha, mazkur kasalliklar orasida eng ko‘p tarqalgani tish kariyesidir. Hozir u dunyo bo‘yicha 2,5 milliardga yaqin odamda uchraydi.

Shuningdek, har yili qariyb 380 ming nafar bemorga og‘iz bo‘shlig‘i saratoni tashxisi qo‘yilmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, Yer yuzi aholisiga stomatologik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida muammo va to‘siqlar talaygina. Ulardan eng asosiysi ushbu turdagi tibbiy xizmatlar narxi sezilarli darajada qimmatligidir.

‼️Shundan kelib chiqib, JSST mazkur muammoni hal qilishga doir tavsiyalarni e’lon qildi. Jumladan, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolashda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini imkoniyatlaridan kengroq foydalanish yaxshi natija berishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!