JSST: “COVID-19ga qarshi emlashdan so‘ng bemorlarning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatyapmiz”

JSST: “COVID-19ga qarshi emlashdan so‘ng bemorlarning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatyapmiz”

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Katarina de Kat 23 ta norvegiyalik bemorning Pfizer/BioNTech bilan koronavirusga qarshi emlanganidan keyin vafot etganiga izoh berdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot ushbu holatdan xabardor va ish bo‘yicha tergov jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, JSST, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha Norvegiya rasmiylari bilan aloqada.

Avvalroq, Norvegiyada Pfizer/BioNTech preparatlari bilan koronavirusga qarshi emlangan 23 kishi vafot etgani haqida ma’lum qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!