Joshuani jangdan keyin kasalxonaga olib ketishgan — manba

Joshuani jangdan keyin  kasalxonaga olib ketishgan — manba

Ukrainalik Aleksandr Usikka ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan endilikda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Londondagi kasalxonalarning biriga olib borilgan.

Shifokorlarning aytishicha, britaniyalik bokschining ko‘z soqqasi singan bo‘lishi mumkin. Bu haqida bokschining promouteri Eddi Xirn xabar berdi.

"Entoni to‘qqizinchi raunddan keyin ko‘zi ko‘rmay qolganini aytdi. Faqat jismoniy tayyorgarlik hisobiga u ringda harakat qilishda davom etdi. Shifokorlar aniq tashxis qo‘yishganidan so‘ng muolajalar boshlanadi, — deya Xirnning so‘zlarini keltirmoqda The Sun nashri.

Eslatib o‘tamiz, Usik - Joshua chempionlik jangi to‘liq 12 raund davom etgan va yakunda hakamlar ukrainalik bokschining yaqqol ustunlik bilan qozongan g‘alabasini ta’minlashgandi — 116-112, 117-114, 115-113. Ushbu g‘alabasi evaziga Usik WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!