Jorj Bush Ukrainani Iroq bilan adashtirib yubordi

Jorj Bush Ukrainani Iroq bilan adashtirib yubordi

Jorj Bush Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoraladi. Ammo uni Iroq bilan adashtirib yubordi. Bu haqda «BBC news» manbasi xabar berdi.

AQSh sobiq prezidenti Jorj Bush Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoraladi.

«Saylovlar qalbakilashtirilgan. Siyosiy raqiblar qamoqqa tashlanadi yoki ovoz berishlari man etiladi», - dedi Bush Rossiyadagi vaziyat haqida.

U Rossiyaning Kiyevga qarshi urushi boshlanishiga nima sabab bo‘lganini aytdi, biroq tasodifan «Ukraina» so‘zi o‘rniga «Iroq» deb yubordi. Bu shunday yangradi: «Natijada, Rossiyada nazorat va muvozanat tizimi mavjud emas. Bir kishining Iroqqa mutlaqo asossiz va shafqatsiz bosqinni boshlash haqidagi qarori.... Men Ukrainani nazarda tutyapman».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!