Jonson Varshavada qabul qilinmadi

Jonson Varshavada qabul qilinmadi

Jonson Varshavada qabul qilinmadi, chunki Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskining "vaqti yo‘q edi".

Bu haqda Bloomberg yozmoqda. Nashrning aniqlik kiritishicha, bu safar Buyuk Britaniya sobiq bosh vazirining dunyo yetakchilari bilan xayrlashuv uchrashuvlari doirasida bo‘lishi kerak edi.

Jonsonning jamoasi, shuningdek, Oq uydan Bayden bilan oxirgi telefon qo‘ng‘irog‘ini so‘radi, ammo tomonlar hali gaplashgani yo‘q. Oq uy vaziyatga izoh bermayapti.

Boris Jonson bir qator janjallardan so‘ng iyul oyi boshida Britaniya bosh vaziri lavozimidan ketishini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!