Jondorda noqonuniy qurol saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

A A A
Jondorda noqonuniy qurol saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Jondor tumani Alile mahallasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan S.S. o‘zi istiqomat qilib kelayotgan xonadoni yaqinidagi dala maydonida 1950 yilda «Zlatoust» shahri «MOLOTOV» qurol zavodida ishlab chiqarilgan, 16 kalibrli, 6950-J-raqamli, «ZK» modelli ov qurolini tegishli ruxsatnomalarsiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat «Xavfsiz hudud» keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etilgan va qurol tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan S.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!