Jizzaxda yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darildi

Jizzaxda yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darildi

Kuni kecha soat 17:20da Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi “Navbahor-Uchtepa-Jizzax” yo‘nalishida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Yuk mashina haydovchisinig boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilgan. Hodisada haydovchiga jarohat yetmagan, ammo, yuk mashinada zotdor qo‘ylar qolib ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boqsharmasining yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yuk avtomobilining tirkamasi maxsus uskunalar yordamida ochilib, 130 bosh zotdor qo‘ylar qutqarildi. Afsuski, yo‘l transport hodisasida ushbu hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!