Jizzaxda yuk mashinasi fuqaroni urib yubordi

Jizzaxda yuk mashinasi fuqaroni urib yubordi

Jizzax shahrining Zilol mahallasida joylashgan qurilish mollari bozorida Toshkent viloyati Angren shahri “Mirobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B.E. boshqaruvidagi “HOWO” yuk mashinasi fuqaroni urib yubordi. Hodisa avtoulovni orqaga harakatlantirish jarayonida ro‘y bergan.

Jizzax shahrining Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi jabrlanuvchi B.M. ikkala tomon qovurg‘alar sinishi tashxisi bilan shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga yotqizilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!