Jizzaxda YPX xodimi uni ta’qib qilayotgan fuqaro ustidan shikoyat qildi

Jizzaxda YPX xodimi uni ta’qib qilayotgan fuqaro ustidan shikoyat qildi

Joriy yilning 15 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “JIZZAX GAISI: SAN BOSQINCHIMISAN? ARCHANI ORQASIDAN KAMERAGA OLAYAPSAN?” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.

Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilning 14 sentyabr kuni soat 23:30 larda YPX inspektori safdo E.Qobilov o‘ziga biriktirilgan Lasetti rusumli, 25 527 VSF davlat raqam belgili xizmat avtomashinasida Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 982 km.da xizmat olib borayotgan vaqtida, ikki nafar fuqarolar 8-10 metr masofadan qo‘l telefoni orqali uni tasvirga olayotganligini payqab qolgan.

YPX inspektori ushbu fuqarolarning oldiga yaqin borgan vaqtida ular ushbu hududdagi AGQShga kirib ketishgan.

YPX inspektorining ma’lum qilishicha, ushbu “Davron” ismli shaxs uni bir necha marotaba ortidan kuzatib yurganligini, hattoki uning yashash uyiga ham borganligini ta’kidlamoqda.

Holat yuzasidan, YPX inspektori joriy yilning 15 sentbr kuni ertalabki yo‘riqnomada rahbariyatga chora ko‘rishlik uchun bildirgi bilan murojaat qilgan.

Hozirda Jizzax viloyati IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!