Jizzaxda tunda halok bo‘lgan ikki kishining yashiringan gumondori jazolandi

Jizzaxda tunda halok bo‘lgan ikki kishining yashiringan gumondori jazolandi

N.Salmonov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) 2022 yil 12 aprel kuni soat 23.30 larda Forish tumani hududida joylashgan “Salmon baraka” fermer xo‘jaligiga qarashli cho‘pon uyida tanishlari I.Orifov va CH.Sultonov bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Keyin esa mastlik holatida o‘rtalarida janjal kelib chiqadi. Oqibatda I.Orifov va CH.Sultonovlar N. Salmonovni nafsoniyatiga tegadigan nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilishadi. N.Salmonovning esa bundan jahli chiqib, ularni qasddan o‘ldirish maqsadida, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan CH.Sultonovning chap tomon ko‘krak qafasining oldingi yuzasi o‘mrovosti sohasi, chap tomon ko‘krak qafasining orqa yuzasi, chap tomon ko‘krak qafasining yonbosh yuzasi, qo‘ltiqosti sohasi va chap tomon qorin old devoriga juda ko‘plab marotaba zarba beradi. So‘ngra alkogoldan og‘ir darajadagi mastlik holatida bo‘lgan, o‘zini himoya qilishga va faol qarshilik ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ojiz ahvoldagi I.Orifovning hayoti uchun muhim a’zosi hisoblangan chap tomonlama ko‘krak qafasiga ham pichoq uradi. Har ikkisi ham voqea joyida halok bo‘ladi. N. Salmonov esa voqea joyidan qochib yashiringan.

Sud majlisida N.Salmonov uning o‘zi IIBga xabar qilganligi, jinoyat sodir qilganidan pushaymon ekanligi, aybiga to‘liq iqrorligi, jabrlanuvchilardan kechirim so‘rashligi, oilaviy ahvolini inobatga olib, unga nisbatan qonunda belgilangan yengil jazoni qo‘llashni so‘radi.

Sud tomonidan N.Salmonovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a,v,j” bandlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, tayinlangan jazosi maxsus tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilandi.

Mazkur jinoyat ishi Jizzax viloyat sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilib, N.Salmonovga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!